Halqaro ilmiy-amaliy anjuman o’z ishini boshladi Avval xabar berganimizdek, bugun 3 oktyabr kuni Andijon Mashinasozlik instituti tashabbusi bilan “Zamonaviy ishlab chiqarishning ish samaradorligi va energo resurs tejamkorligini oshirish muammolari” mavzusida halqaro ilmiy-amaliy anjuman o’z ishini boshladi. Anjuman Xonobod shahridagi muxtasham va jahon standartlari asosida qurib bitkazigan, Xonobod sihatgohining Anjumanlar zalida bo’lib o’tmoqda. Anjuman Andijon viloyat hokimligi, “GM-Uzbekistan” AJ, Toshkent Turin politexnika universiteti bilan ham- korlikda tashkillashtirildi. Halqaro ilmiy amaliy anjumanda Respublikamizda ko’zga ko’ringan taniqli Akademik va professor- o’qituvchilar (Zaynobiddinov S, Sharipov K, Zayniddinov X, Xakimov O, Saidaxmedov R), Rossiya, Qirg’iziston, Qozog’iston, Xitoy va Janubiy Koreya kabi bir qator davlatlarining taniqli olimlari, doktorantlar, ilmiy- tadqiqotchilar, magistrant va iqtidorli talabalar ishtirok etmoqdalar. Anjumanni Andijon viloyat hokimi o’rinbosari Serobiddin Ismoilov ochib berar ekan, bugun yurtimizda ta’lim tizimida amalga oshirilayotgan ulkan o’zgarishlar, ijobiy natijalar, ilm-fan sohasidagi innovatsion yangiliklar, buni natijasida erishilayotgan yutuqlar to’g’risida gapirib o’tdi. Shuningdek, o’tkazilayotgan halqaro ilmiy amaliy anjuman ham ilm-fan taraqqiyotiga o’z xissasini qo’shishini hamda mamlakatimizning iqtisodiy barqarorligi va yuksalishida muhim omil bo’lib xizmat qilishini aytib o’tdi. Anjumanda Andijon mashinasozlik instituti rektori U.R.Salomov so’z olib, institutda ta’lim sifatini oshirish, ilmiy-tadqiqot ishlari, ayniqsa, xorijiy oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan ishlarga to’xtalib o’tdi. Jumladan, Xitoy Xalq Respublikasining Shimoliy Xitoy texnologiya universiteti va Janubiy Koreyaning Tegu universitetlari bilan qo’shma ta’lim dasturlar va ikki tomonlama diplom berish kelishuviga asosan 2+2 modeli asosida bakalavr va magistrlar tayyorlash yo’lga qo’yilganligiga alohida to’xtalib o’tdi. Xalqaro ilmiy-amaliy anjuman o’z ishini davom ettirmoqda. Anjuman tavsilotlarini kuzatib boring. VASIYEV Xayrullo – institut matbuot va axborot xizmati xodimi 1 -oktyabr “Ustoz va murabbiylar” kuniga bag’ishlab Andijon mashinasozlik instituti rektori kubogi sport musobaqalari o’tkazildi. Andijon mashinasozlik instituti rektori kubogi uchun “Muhandislik pedagogikasi va psixologiyasi” kafedrasi mudiri X.Xaydarova tashabbusi bilan o’tkazilgan 2018 yil 1 -oktyabr “Ustoz va murabbiylar” kuniga bag’ishlab professor-o’qituvchilari, talabalari va ishchi xodimlari o’rtasida sportning “Mini futbol”,”Shaxmat”, “Stol tennisi ,” “Valeybol” sport turlari bo’yicha o’tkazilgan musobaqalar Andijon mashinasozlik institutida «Yong’inlar profilaktikasi kuni» O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 23 may kunidagi PQ-2992-sonli «Ichki ishlar organlarining yong’in xavfsizligi bo’linmalari faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida»gi qarorining 6-bandida haftaning har chorshanba kuni «Yong’inlar profilaktikasi kuni» deb belgilangani munosabati bilan joriy yilning 26 sentyabr kuni Andijon mashinasozlik institutining 1-talabalar turar joyida «Yong’in profilaktika kuni» tadbiri doirasida yong’in o’chirish amaliy taktik mashqi o’tkazildi. Yong’in o’chirish amaliy taktik mashqida 32 nafar davlat yong’in xavfsizligi xizmati xodimlari, Andijon shahar yong’in xavfsizligi bo’limida 2 ta asosiy va 2 ta maxsus yong’in o’chirish avtomobillari, Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Andijon filialidan 1 ta, gaz va suvoqova idoralaridan 1 tadan avariya qutqaruv guruhlari, institut ma`muriyati vakillari, «Fuqaro muhofazasi» bo’limi, “Mashinasozlik texnalogiyasi” fakulteti talaba yoshlari bilan ishlash bo’yicha dekan muovini A.Ahmedov boshchiligida 500 nafardan ziyod talaba yoshlar va xizmatchilar ishtirok etdilar. Global ekologik o’zgarishlarning oqibatlari I.Sulaymonov – AndMI, i.f.n., dotsent J.Otajonov – AndMI 3-bosqich talabasi Insonning faoliyat ko’lami shu darajada shiddat bilan kengayib bormoqdaki, uning ongi-tafakkuri va qo’li yetmagan tabiatni biror sohasi qolmadi. Ayni paytda insonni tabiatga faol ta’siri o’zini aks ta’sirini ham namoyon etmoqdaki, bu ta’sirlar natijasida tabiiy ofatlar va inson sog’ligi turmush tarziga boshqa salbiy ta’sirlar ko’lami ham kengayib bormoqda. Ana shu haqiqat mantig’idan kelib chiqadigan bo’lsak ba’zi olimlar yoki mutaxassislarning tabiat predmetlarini ijtimoiy yoki noijtimoiy turkumlarga ajratishi asossiz ekanligi yaqqol ko’zga tashlanadi. Zero,tabiatning aynan bir ob’ekti odamlar faoliyatida, ijtimoiy taraqqiyotda qo’llanish darajasi yoki qo’llanmasligiga qarab ijtimoiy yoki noijtimoiy bo’lishi mumkin. Har qanday tabiat predmeti odamlar maqsadi uchun ular faoliyatining vositasi sifatida xizmat qilsa, u albatta jamiyat faoliyatining shart-sharoiti bo’lib hisoblanadi. Masalan yer bag’rida mavjud bo’lgan qazilma boyliklari o’z- o’zidan odamlar hayoti uchun tabiiy shart-sharoit bo’la olmaydi. Inson uning o’z faoliyatiga tadbiq etib qo’llasa, u ijtimoiy sifatlarga ega bo’ladi, ya’ni inson faoliyatining mahsuliga aylanadi[1]. Bugungi kunda insonning ana shu faoliyati umumbashariy mazmunga ega bo’lib, ekologik munosabatlarni globallashuvi va global ekologik ta’sirga sabab bo’lmoqda. Global muammoning vujudga kelishi esa insonning asl mohiyati bilan yashash tarzi o’rtasidagi masofa kun sayin kengaya borayotganligi va inson faoliyati uning qudrati beqiyos darajada ulkan geologik kuch sifatida yer kurrasida namoyon bo’lmoqda. Haqiqatda ham kishilik jamiyati hozirgi kunda shunday ishlab chiqarish kuchlari yaratganki, bu kuch yordamida tabiat bag’ridan millionlab tonna ruda, neft, ko’mir singari tabiiy qazilmalarni bir joydan ikkinchi joyga ko’chirish, qayta ishlash va xalq xo’jaligining turli sohalarida qo’llash qudratiga ega. Bu tabiiy zahiralarning ko’pchiligi tiklanmaydi va ular to’lig’icha tugash oldida turganligi hech kimga sir emas. Agar bu tabiiy zahirani ishlatish shu yo’sinda davom etsa, oradan 40 yil o’tar-o’tmas neft zahirasi to’lig’icha tugashi hisob-kitob qilingan. Ammo mavjud vaziyatni o’zgartirish yengil kechmaydi. CHunki hozirgi kunda mavjud texnologik jarayon dastgoh va mashinalarning 50 foizi neftni yokilg’i sifatida qo’llash hisobiga ishlaydi[2]. SHuni alohida ta’kidlash zarurki, insonning tabiatga ta’sir etishi natijasida jamiyat bilan tabiat o’zaro munosabatlarining uyg’unlashuvi buzildi. Insoniyat taraqqiyotining hozirgi bosqichida jamiyat bilan tabiatning o’zaro munosabati barchaning e’tiborini o’ziga ko’proq jalb etmoqda. Inson tabiatning bir qismi, demak odamlarning o’zlari, ularning o’zaro munosabatlari hamda atrof-muhitning bir qismi sifatida ekologik muammoni yuzaga keltirdi. Bu muammo tabiiy muhit bilan bir qatorda ijtimoiy muhitda yuz bergan salbiy o’zgarishlar tufayli paydo bo’ldi. Ijtimoiy muhitning holatiga ta’sir etuvchi ko’plab omillar mavjud. Ijtimoiy muhitning holatiga qarab, ularni ijobiy va salbiy ta’sir etuvchi omillarga bo’lish mumkin. Me’yorida yaratilgan ijtimoiy muhit jamiyatning har bir a’zosiga ijobiy ta’sir etadigan, uning xavfsizligini ta’minlaydigan va har bir shaxsni barkamolligiga ko’maklashadigan barqaror ma’naviy-ruhiy iqlimdir. Salbiy ta’sir etuvchi omillar kishilar kayfiyati va ruhiyatini yomonlashuvi va organizmning turli xil kasallanishining paydo bo’lishiga qulay muhit yaratadi. Salbiy ekologik omillar inson salomatligiga va uning tadrijiy rivojlanishiga aks ta’sir etadi. Ijtimoiy muhitning yomonlashuvi ijtimoiy o’zgarishlar, shuningdek hamma narsada tabiat ustidan hukmronlik qilish maqsadiga qaratilganligi, insonning o’zini ikkinchi o’ringa tushurib qo’ydi. Oqibatda inson faoliyati jilovdan chiqdi va umumbashariy faloqatni keltirib chiqardi. Bu ijtimoiy muhit mikrodarajada ham, makrodarajada ham ayniganligining oqibatidir. Inson sihat-salomatligi davlat mulkidir. Aholining salomatligi tabiiy hamda ijtimoiy muhitning holatiga bog’liq. Bugungi kunda yalpi yadro urushi xavfi nisbatan kamaygan bo’lsada, ekologik biogenetik buzilishlar havfi hamon taxlikali holatda saklanib qolmoqtsa. Keyingi yillarda «sovuq urushga asta-sekin chek qo’yish imkoniyati reallashib bormoqda, biroq atrof-muhitni muhofaza qilish muammosi birinchi o’ringa chiqmoqda. Ikkinchi tomondan tabiatga antropogen, antrotexnogen, antropotogenetik, antropolitik va boshqa «sun’iy» ta’sir yo’nalishlarining kompleks xarakteri turli mintaqalardagi iqtisodiy-siyosiy, demografik- etnografik vaziyatlarning keskinlashuvi, inson-tabiat» munosabatlarini murakkablashtirib yubormoqda. Oqibatda aholi salomatligi yomonlashib, kasallanish hollari ko’payib bormoqda. Tadqiqotchilarning fikriga qaraganda aholi salomatligining 50 foizi turmush tarziga, qolgan foizi atrof-muhitga va odamning irsiyati hamda sog’liqni saqlash tizimiga bog’liqdir[3]. Demak insonning o’zini o’rab turgan borliqqa ongli munosabati avvalo uning bilimi saviyasi hamda dunyoqarashiga bevosita bog’liq. Ana shu bois mintaqamizdagi ekologik holatni yaxshilash uchun davlat va xalqaro tashkilotlar tomonidan ko’rilayotgan chora-tadbirlar bilan bir qatorda eng avvalo kishilarda yuksak darajada ekologik dunyoqarashni shakllantirish, har bir ishga ekologik yondashuvni, ekologik madaniyatni tarbiyalash, ilmiy jihatdan asoslangan ekologik ongni har bir fuqaroda kamol toptirish zarur. Ana shu maqsadda mamlakatda amalga oshirilayotgan ekologik siyosat ekologik dunyoqarash asosini shakllantirishga qaratilgan. Ayni paytda ekologik dunyoqarashning shakllantirishni, qonuniy asoslari huquqiy me’yori omillari ham muntazam takomillashtirib borilmoqda. Jumladan, O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida «Fuqarolar tabiiy atrof-muhitga ehtiyotkorona munosabatda bo’lishga majburdirlar» (50-modda). «Er, yer osti boyliklari, suv, o’simlik va hayvonot dunyosi hamda boshqa tabiiy zahiralar umummilliy boylikdir, ulardan oqilona foydalanish zarur va ular davlat muhofazasidadir» (100-modda) kabi moddalar aynan shaxsda ekologik dunyoqarashni huquqiy zaminlarini mustahkamlashga yo’naltirilganligi bilan xarakterlanadi. Bundan tashqari 1992 yil 9 dekabrdagi «Tabiatni muhofaza qilish to’g’risida»gi, 1993 yil 6 maydagi «Suv va suvdan foydalanish to’g’risida», 1996 yil 26 dekabrda «O’zbekiston respublikasi atmosfera havosini muhofaza qilish to’g’risida»gi, 2013 yil 27 dekabrdagi “Ekologik nazorat to’g’risida”gi Qonunlar shaxsda huquqiy ekologik bilimni boyitishi asosida ularda ekologik dunyoqarashni huquqiy asoslarini, tabiiy resurslarni muhofaza qilish va undan oqilona foydalanish sohasidagi munosabatlarni tartibga soladigan yuridik me’yorlar majmuasidir. Demak shu yuridik me’yorlar jamiyatda bugun o’z aksini topmog’i lozim. Binobarin dunyodagi barcha tsivilizatsiyalashgan davlatlarda «ekologik munosabatlarning globallashuvi jarayoni xalqaro hamkorlikni ham sifat jihatdan yangi bosqichga ko’tardi. Ekologik muammolarga barcha mamlakatlar o’zining ichki va tashqi siyosatining muhim muammolari yechimi tarzida qaramoqdalar. CHunki ekologik siyosat globallashuvi intefatsiyasi asosida barcha davlatlar ekologik manfaatlarining umumiyligi yotadi. SHu o’rinda ta’kidlash kerakki, ekologik siyosatni shakllantirish zaruriyati, bir tomondan halqaro miqyosda ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar globallashuvi nafaqat ekologik faoliyatining umumiy rivojlanish jarayonlariga aloqador, balki jamiyat taraqqiyotining hozirgi bosqichida muhim e’tiborga molik. Xalqaro ekologik siyosat globallashuvi bilan boshqa ijtimoiy- iqtisodiy jarayonlar o’rtasida uzviy aloqadorlik mavjud bo’lib, ular dastlab muayyan milliy davlatlar hududlarida, keyinchalik davlatlararo miqyosda integratsional xarakter kasb etadi. SHu nuqtai nazardan Markaziy Osiyodagi suveren davlatlar ekologik siyosatidagi globallashuvni ularning xalqaro va davlatlararo munosabatlarining dastlabki bosqichlari deyish mumkin. Global ekologik munosabatlar sharoitida tabiatni muhofaza qilish ishida xalqaro hamkorlik zarur. CHunonchi, tabiiy sharoiti xilma-xil bo’lgan katta mamlakatlarning kuchi bilan tabiatni muhofaza qilish masalasi har doim ham hal qilib bo’lmaydi. Tevarak-atrofdagi tabiatni muhofaza qilishi masalalariga xilma-xil milliy va olamshumul muammolar kiradi. Masalan, ko’chib yuradigan hayvonlar, qushlar, baliqlar va dengiz hayvonlari, davlat chegaralarini tan olmaydi. Bunday hayvonlarni qo’riqlash muammolari yoki tevarak -atrofdagi muhitni saqlashning umumiy masalalari hukumatlar o’rtasidagi bitim va xalqaro bitimlar darajasida hal qilinadi. Bizningcha, hozirgi vaqtda dunyoda tabiatni muhofaza qilish sohasida hamkorlikning ikki asosiy shakli tarkib topdi: tevarak-atrofdagi muhitni muhofaza qilish va tabiiy zahiralardan oqilona foydalanish masalalari bo’yicha ikki tomonlama konventsiyalar; tabiatni muhofaza qilish bo’yicha xalqaro tashkilotlar faoliyatida
Description: